$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Immunitet tizimi saraton hujayralarini o‘zi yengmoqda

immunitet

Olimlar inson immunitetini saratonga qarshi mustaqil harakat qilishga o‘rgatishdi. Ushbu usul organizmning tabiiy himoya tizimini kuchaytirishga va uni rakka qarshi ta’sirchan qurolga aylantirishga qaratilgan.

Yangi usul davomida immunitet hujayralarni organizmga tahdid hisoblab yo‘q qilgan

Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar maxsus virusdan foydalanib, rak shishlarini cho‘chqa organi hujayralariga o‘xshatib “maskirovka” qilishdi. Oddiy sharoitda organizm saratonni “chetlab o‘tib”, unga qarshi hujum qilmas edi. Lekin yangi usul yordamida immunitet bu hujayralarni tahdid sifatida qabul qilib, ularni yo‘q qilishga kirishdi.

Shuningdek, metod rakning turli ko‘rinishlari, jumladan, jigar shishi va melanoma bilan og‘rigan bemorlarda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar umidbaxsh: shishlar yo kichraydi, yoki o‘sishi to‘xtadi. Bu esa o‘sha usul rakka qarshi samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Immunitetni “qayta dasturlash” tizimi

Olimlarning ta’kidlashicha, bu yangilik nafaqat terapiyaning yangi bosqichini, balki kelajakda rakni davolashning innovatsion yo‘nalishini ham ochadi. Immunitetni “qayta dasturlash” orqali himoya tizimini rakka qarshi uzoq muddatli himoya sifatida ishlatish mumkin bo‘ladi.

Hozirda mazkur ushbu usul sinovlar bosqichida bo‘lsa-da, uning muvaffaqiyatli natijalari dunyo bo‘ylab millionlab insonlar uchun yangi umidni yuzaga keltirmoqda. Ilm-fanning bu rivoji rakka qarshi kurashda misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni yaratishga xizmat qilishi aniq.