“Mikrokreditbank” kichik biznes uchun xalqaro eshiklarni ochmoqda
Bank tez orada Jahon banki tarkibiga kiruvchi MIGA agentligi bilan 109,3 million yevroga teng xalqaro moliyaviy bitimni imzolash arafasida turibdi.
1 daqiqa o‘qiladi

“Mikrokreditbank” ATB kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqichga chiqmoqda. Bank tez orada Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro investitsiyalar kafolati agentligi (MIGA) bilan 109,3 million yevro ekvivalentidagi xalqaro moliyaviy bitimni imzolashi kutilmoqda.
Hamkorlikning yangi bosqichi
Mazkur kafolat bankka xalqaro moliya bozorlaridan yangi resurslar jalb qilish, ularni tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlariga yo‘naltirish imkonini beradi. Xususan, kichik va o‘rta biznes uchun qulay kredit shartlari, eksport-import faoliyatini moliyalashtirish, tashqi savdo operatsiyalarini sug‘urtalash kabi yo‘nalishlar ustuvor bo‘ladi.
Bitim “Mikrokreditbank”ning xorijiy hamkorlar bilan ishonchli aloqalar o‘rnatayotgani, bank tizimida barqarorlik va ochiqlik siyosati olib borilayotganining yaqqol dalilidir. Shu orqali bank mijozlariga nafaqat mahalliy, balki global bozorlarga chiqish uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Reklama



