$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tik Tok yana AQShning Apple va Google store ilovalarida paydo bo‘ldi

tik tok

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ilovasi AQSh App Store va Google Play’da yana paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ilova nega bloklangan edi?

2025-yil 19-yanvarda, AQShda TikTok ilovasi bloklandi va App Store hamda Google Playdan olib tashlandi. Ushbu holat TikTokning xitoylik egasi ByteDance kompaniyasiga AQShdagi faoliyatini sotish yoki to‘xtatish talabi qo‘yilgan qonunning kuchga kirishi bilan bog‘liq edi. Biroq, bir necha soat o‘tgach, prezident Donald Trampning sa’y-harakatlari tufayli ilova yana faoliyatini tikladi. Foydalanuvchilarga esa “Prezident Trampning sa’y-harakatlari tufayli TikTok AQShga qaytdi!” degan xabar yuborilgan edi.

Tik Tok Trampning saylovdagi g‘alabasida katta rol o‘ynagan

Tramp TikTokning kelajagi bo‘yicha bir nechta tomonlar bilan muzokaralar olib borayotganini va bu borada fevral oyida qaror qabul qilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Trampning o‘zi bu platforma uning 2024-yilgi saylovdagi g‘alabasida katta rol o‘ynaganini ma’lum qilgan.

TikTok statistikasi

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda TikTok AQShda 52 million martadan ortiq yuklab olingan. Hozirda mamlakatda 170 milliondan ortiq TikTok foydalanuvchisi bor

Yuklab olishlarning 52 foiz Apple App Store orqali, 48foizi esa Google Play orqali amalga oshirilgan.