Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Ilonfurush qo'lga tushdi

Fuqaro qizil kitobga kiritilgan noyob ilonlarni katta pul evaziga sotmoqchi bo'lgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Ilonfurush qo'lga tushdi

Ilonfurush qo'lga tushdi

Fuqaro qizil kitobga kiritilgan noyob ilonlarni katta pul evaziga sotmoqchi bo'lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ilon savdosi

Buxoro ijtimoiy tarmoqlarda noyob bo'g'ma ilonni sotishi haqida ko'plab e'lonlar joylab, evaziga katta mablag' talab qilingan shaxs qo'lga olindi.

Ma'lum bo'lishicha fuqaro qizil kitobga kiritilgan ilonlarni ovlab ularni sotishga uringan.

Ilonfurushga tuzoq

Uni qo'lga olish jarayonida mas'ul shaxslar ushbu fuqaroga go'yoki xaridor sifatida qo'ng'iroq qilingan va ilon sotib olmoqchi ekanliklarini bildirishgan.

Mas'ullar manzilga yetib borgach fuqaro ularga qizil kitobga kiritilgan qum bo'g'ma ilonini sotmoqchi bo'ladi.

Qonunbuzarga chora

Ushbu holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 1 mln. 700 ming so'm miqdorida jarima jazosi qo'llanilgan.