$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda 2 490 nafar bola uy-joy bilan ta’minlanib, 1,7 million oilaga onlayn nafaqalar tayinlandi

himoya

2024-yilda ijtimoiy himoya tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilib, mahallalarda "Inson" markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va ehtiyojmand oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi. Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchaytirilib, yangi reyestrlar va xizmatlar joriy etildi. Raqamlashtirilgan ijtimoiy xizmatlar esa nafaqa taqsimoti jarayonini yengillashtirdi va aholiga yanada qulayliklar yaratdi.

"Inson" markazlari va mahalla tizimidagi islohotlar

Respublikaning 208 tuman va shaharlarida "Inson" markazlari faoliyat boshladi. Ushbu markazlar orqali mahallalarda ijtimoiy xodimlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 12 toifadagi ehtiyojmand oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.

Yolg‘iz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash

Yolg‘iz yoki yakka yolg‘iz shaxslar uchun reyestr tuzilib, unga 2 429 nafar shaxs kiritildi. Ushbu shaxslar uchun pullik ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Shuningdek, 10 169 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza orqali nogironlik guruhlari aniqlandi va ular davlat yordamidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi sezilarli darajada takomillashtirilib, ular uchun 30 turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari taqdim etilmoqda. 

Shuningdek, 85 mingdan ortiq shaxsga elektron savdo maydonchalari orqali vaucherlar tarqatildi, bu esa buyurtma qilingan vositalarni olishni osonlashtirdi. 

Qarovsiz qolgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash

2021-yildan buyon 2 490 nafar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi. 2024-yilda ushbu dasturning doirasi kengaytirilgan bo‘lib, yil davomida yana 790 bolaga uy-joy ajratilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy xizmatlar tizimining raqamlashtirilishi

Ijtimoiy xizmatlarning raqamlashtirilishi orqali 1,7 milliondan ortiq oilaga nafaqa tayinlash onlayn rejimda amalga oshirilmoqda. Kam ta’minlangan oilalar uchun avtomatik hisoblash tizimi joriy etilib, nafaqa ajratish jarayoni sezilarli darajada yengillashtirildi. 

Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan farzandlar uchun nafaqa miqdorini avtomatik hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi va 98,3 mingdan ortiq bolaga ariza talab qilinmagan holda nafaqa to‘landi.

 Issiqlik mavsumida qo‘shimcha yordam

Kam ta’minlangan oilalarga issiqlik mavsumida qo‘shimcha yordam ko‘rsatish maqsadida, ularning elektr energiyasi va gaz sarfini qoplash uchun belgilangan me’yorlardan oshiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya tizimi joriy qilindi. Masalan, tabiiy gaz uchun 250 kub metr va elektr energiyasi uchun 150 kVt soat hajmda kompensatsiya ajratildi.

 Ijtimoiy himoyadagi boshqa yangiliklar

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslar uchun kompleks ijtimoiy xizmatlar tizimi joriy etilib, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi.

  Qarovsiz qolgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus reyestr joriy etilib, ular doimiy yordam va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimiga kiritildi.

Ijtimoiy yordam sifatini oshirish uchun "Yagona ijtimoiy himoya reyestri" orqali kam ta’minlangan oilalar va ehtiyojmand shaxslarga yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi.

Теги :
Jamiyat