Talabalarni o‘z uyiga ijaraga joylashtiruvchi shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi
Talabalarni o‘z uylariga ijaraga qo‘yish orqali ijara haqidan daromad topayotgan shaxslarning ushbu daromadlaridan daromad solig‘i olinmaydi.
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq kodeksi
Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19-prim 1-bandida, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi deb ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda davlat OTMlarida talabalarning turar joyga joylashishiga ko‘mak beruvchi markazlar tashkil etilmoqda va joriy yilgi o‘quv yilida ham yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab berilishi ham reja qilingan.
Ijtimoiy soliq stavkasi
Qonun bilan respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida tatbiq etiladi.



