2025-yil uchun ijara stavkalari e’lon qilindi
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti bo‘yicha 2025 yil uchun yangi minimal ijara to‘lovlari e’lon qilindi. Ushbu stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadlariga soliqlarni hisoblash hamda ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga nisbatan qo‘llanadi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
Ijaraga beriladigan mol-mulk turlari va stavkalar
1. Binolar
Turarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 28 000 soʻm (+12%)
Nukus, viloyat markazlari: 13 500 soʻm (+12,5%)
Boshqa aholi punktlari: 5 500 soʻm (+10%)
Noturarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 45 000 soʻm (+12,5%)
Nukus, viloyat markazlari: 26 500 soʻm (+12,7%)
Boshqa aholi punktlari: 11 000 soʻm (+10%)
2. Avtomobil transporti uchun ijara stavkalari
Yengil avtomobillar
(Yoʻlovchilar va bagaj tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositalari):
1 ta avtotransport vositasi uchun: 858 000 soʻm
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 ta avtotransport vositasi uchun: 1 705 000 soʻm



