$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘g‘irlatib qo‘ysam, o‘zim sababchi bo‘laman”: “Hibsga olingan” bolalar aravachalari

bolalar aravachalari

Shu kunlarda ko‘p qavatli binolarning podyezdlarida qarovsiz qoldirilgan kolyaska va velosipedlarni IIO xodimlari tomonidan olib ketilayotgani aytilgan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilmoqda. Tabiiyki, ushbu g‘alati ishlar jamoatchilik muhokamasi va e’tirozlariga sabab bo‘ldi. 

Holat tafsiloti

20-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uylar podyezdlarida turgan velosipedlar va kolyaskalarni PPX xodimlari yig‘ishtirib olib ketgani aytilgan video tarqaldi. Tarmoqlarda yozilishicha, IIB xodimlari fuqarolarning ko‘p qavatli uylar podyezdlarida qoldirilgan velosiped va kolyaskalarini olib ketib, ularning egalariga: “Agar, mabodo, o‘g‘irlatib qo‘ysam, o‘zim sababchi bo‘laman”, deb ariza yozdirishgan.

IIBB Matbuot xizmatining holat yuzasidan tushuntirishi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati manbalardan biriga ma’lumot berar ekan, "qarovsiz qolgan kolyaska, samokat va velosipedlarni o‘g‘riligini oldini olish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib kelinmoqda" deya tushuntirish bergan IIBB Matbuot xizmatiga rahbari. Shuningdek, u xodimlar tomonidan olib ketilgan kolyaska, samokat va velosipedlar egasi kelganida qaytarib berilishini ta’kidlagan. Egalariga hech qanday jarima solinmasligi va jarima haqidagi gaplar yolg‘on ekanligi ham qo‘shimcha qilingan.

“Aql bovar qilmaydi”

Bloger Farhod Fayzullayev mavzuga munosabat bildirib, o‘z blogida quyidagilarni qoraladi. “Kolyaska va velosipedlar IIV tomonidan musodara qilinishi aqlga sig‘maydi. Musodara qilinishiga sud qarori bormi? Nima asosida shaxsiy mulk musodara qilinyapti? Shaxsiy mulk daxlsiz emasmi? Velikmi bu, kolyaskami, 1000 so‘mlik koptokmi, shaxsiy mulk bu. O‘g‘rilab ketilishi bilan IIV tomonidan olib qo‘yilib, kimgadir “ehson” qilib yuborilishi o‘rtasida mulk egasi uchun qanday farq bor? Ikkala holatda ham o‘z shaxsiy mulkidan ayrilib qolyapti-ku? Birovlar o‘g‘rilab ketishidan avval o‘zlari opketaqolishibdi-da. Aql bovar qilmaydi”, deb yozadi u.

“Piyodalarning ketmoni yana uchmaydigan bo‘ldi”

“Tartib posbonlarimiz ko‘pqavatli uylar yo‘laklaridagi bolalar aravachalari, velosipedchalari va samokatchalarini “hibsga olishibdi”. Qoyil. Qiziq, piyodalar uchun yo‘laklarga qo‘yib ketilgan avtomobillarni ham shunday qilisharmikan?Videoni ko‘rib “Abdullajon” filmidagi mashhur “Konfiskuyte ketmeni” degan buyruq va undan so‘ng butun qishloq ahlining ketmonlari yig‘ishtirib olingani yodga tushdi. Piyodalarning ketmoni yana uchmaydigan bo‘ldi” — deb yozadi bloger Shahnoza Soatova.

Теги :
Jamiyat