$
 12190.43
49.05
 14362.76
49.29
 162.09
1.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir erkak va bolali ayolga qoʻl koʻtargan IIO xodimi ishdan olindi

IIO

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak va qoʻlida bola koʻtargan ayolni urgan IIO xodimining videosi tarqaldi. Holat boʻyicha Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev munosabat bildirdi.

Aslida nima boʻlgan?

Qayd etilishicha, joriy yilning 9-iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.E soat 22:00 larda Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini ko‘rib, ularni 6-son IIBga olib borgan. Ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Mushtumzoʻr profilaktika inspektori

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda profilaktika inspektori ikki nafar fuqaroga nisbatan (ulardan biri bola koʻtargan ayol) qo‘l ko‘targanini ko‘rish mumkin.

Inspektor ishdan olingan

Bildirilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.E ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Shuningdek, to‘plangan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.