$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda 56 nafar IIB xodimi jazoga tortildi

IIB

Buxoroda 5 oyda 56 nafar IIB xodimi xizmat intizomi bilan jazolandi, 5 nafar xodimga 4 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat IIB tashkil etgan brifingda maʼlum qilindi.

Brifingda nimalar gapirildi?

Joriy yilning 5 oyi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan boʻlib oʻtgan brifingda kadrlar bilan ishlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligi, kasbiy bilim saviyasini oshirish, ular oʻrtasida xizmati intizomi madaniyatini yuksaltirish va korrupsion holatlarning sodir etilmasligi yuzasidan olib borilgan ishlar xususida soʻz bordi.

IIB xodimlari orasida ayollar ulushi

Taʼkidlanishicha, Buxoro viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan erkaklar qatori xodimalar ham talaygina. Ular shaxsiy tarkibning 9,1 foizini tashkil etadi. 16 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj xodimalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli xildagi yordamlar berilgan. 1 nafar ayol xodimaga avtomobil sotib olishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobari miqdorida moddiy yordam, 1 nafar xodimaga yashash sharoitini yaxshilash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 125 barobari miqdorida foizsiz qarz berilgan. 2024-yilning 5 oyi davomida ayol xodimalar tomonidan intizom buzilish holati qayd etilmagan.

1 093 nafar nomzoddan 912 nafari keyingi bosqichga oʻtgan

“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish, nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi 50-sonli buyrugʻiga asosan, IIV Buxoro Akademik litseyida oʻqish istagini bildirgan nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish maqsadida psixologik test sinovlari oʻtkazildi. Unga koʻra, jami 1093 nafar nomzodlardan, 912 nafari keyingi bosqichga oʻtgan boʻlsa, 181 nafar nomzodlar psixologik test sinovlaridan oʻta olmadi”,— dedi Buxoro viloyat IIB oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov.

Tibbiy yordam masalasi

Akbar Yusupovning soʻziga koʻra, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida ham talay ishlar bajarilgan. 11 nafar betob xodimlarning davolanishi uchun 83 255 000 soʻm, 14 nafar xodimlarning betob yaqin qarindoshlarida jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun 257 040 000 soʻm, 2 nafar xodimning sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun 4 976 351 soʻm va hokazolar, shuningdek, 54 nafar xodimga 1 593 283 486 soʻm miqdorida moddiy yordam pullari ajratilgan.

IIB xodimlari bilan korrupsiyaviy holatlar

Brifingda taʼkidlanishicha, xodimlarning ishlash va yashash sharoitini yanada yaxshilash uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar koʻlami keng. Shu nuqtayi-nazardan ular oʻrtasida korrupsion holatlarning oldini olish boʻyicha ham doimiy ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib boriladi.Xodimlarning tashabbusi bilan 6 marotaba xodimlarga pora taklif qilish holatlari boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazilib, pora taklif qilgan fuqarolarning javobgarligi taʼminlandi. Maʼlumot uchun aytishim mumkinki, 2024 yil 21 aprelida viloyat IIB YHXB inspektori safdor Jamil Adizovga fuqaro D.Yo. oʻz avtomashinasini jarima maydonidan chiqarish evaziga 100 AQSh dollari miqdordagi pullarni bergan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Qorovulbozor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Viloyat IIB boshligʻining buyrugʻi bilan safdorga uch million miqdorida ragʻbatlantirish ajratildi.

Ishdan boʻshatilganlar soni qancha?

Maʼlumotga koʻra, joriy yilda jami 30 nafar xodimlar viloyat Ichki ishlar organlari xizmatdan boʻshatilgan. Shundan 10 nafari oʻzining xohishi bilan, 6 nafari kasalligi harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida, 1 nafari xizmatda boʻlishning chegara yoshiga toʻlgani, 14 nafar xodim pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtagani hamda 2 nafari xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgani uchun ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan.

Xizmat intizomini buzganlar va jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlari

“Tizim xodimlari uchun ish va yashash sharoiti munosib darajada yaratilgan boʻlishiga qaramay, xizmat intizomini buzganlar, faoliyatga panja ortidan qaraganlar ham yoʻq emas. Joriy yilning shu davriga qadar Buxoroda 56 nafar IIB xodimi xizmat intizomi bilan jazolandi, 5 nafar xodimga 4 ta jinoyat qoʻzgʻatildi. 37 nafar xodimga nisbatan esa maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Oʻz xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan, qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga ichki ishlar tizimida joy yoʻq”,— dedi viloyat IIB oʻrinbosari.