$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yilning eng yaxshi futbol jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

Stadion

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi 2024-yilning eng yaxshi klubi nomini e’lon qildi.

“Real” yana eng yaxshi

IFFHS talqiniga ko‘ra, 2024-yilning eng yaxshi klubi sifatida Madridning “Real” jamoasi qayd etildi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa yana 700 klubni o‘z ichiga olgan yilning eng yaxshi klublari reytingida ro‘yxatning peshqadami bo‘ldi. Bu haqda “Real Madrid” o‘z saytida ham ma’lum qildi.

Nima sababdan “Real Madrid”?

Qaymoqranglilar IFFHS talqiniga ko‘ra beshinchi marta eng yaxshi klub deb topilmoqda. Bungacha ham ushbu sovrin 2000, 2002, 2014 va 2017-yillarda klub tomonidan qo‘lga kiritilgan. Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda “Real Madrid” 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Bulra: Chempionlar Ligasi, La Liga, Ispaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubok.

Теги :
Jamiyat