$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonlik yoshlarning ingliz tilini bilish ko‘nikmalari qay darajada?

 ingliz tilini bilish ko‘nikmalari

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev British Council va IDP taqdim etgan ma’lumotlarga tayangan holda o‘zbekistonlik yoshlarning ingliz tilini bilish ko‘nikmalari qay darajada o‘sib borayotganini ma’lum qildi.

So‘nggi to‘rt yillik natijalar hisoboti

Alisher Sa’dullayev ma’lum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan o‘zbekistonlik yoshlar soni oxirgi 4-yilda 5 barobarga oshgan. 2024-yilda qariyb 53 ming nafar o‘zbekistonlik yoshlar ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini baholovchi xalqaro IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Bu – 2020-yildagi ko‘rsatkichdan 5 barobarga yuqori. Bu davrda 7–8 ball olganlar 7,4 barobarga ko‘paygan. Joriy yilda 332 nafar o‘zbekistonlik yoshlar IELTS’dan eng yuqori 8,5–9 ballni qo‘lga kiritgan.

Raqamlar gapirganda

ma’lumotlarga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. 4-yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan. Shuningdek, 7–8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafar, 2024-yilda esa 13 424 nafarni tashkil qilgan. Bu boradagi o‘sish 7,4 barobarga teng bo‘lgan. 8,5–9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 332 nafarga yetgan.

Теги :
Jamiyat