$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Tish pastasi, mayonez, bolalar uchun pyurelar: ichki bozor qaysi mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinmagan?

bozor

Raqobat qo‘mitasi ichki bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yingani, mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi va sotilish narxlarini tahlil qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, farmasevtika, oziq-ovqat va boshqa sohalarda ishlatiladigan bir qancha mahsulotlar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Bozorda to‘yinganlik darajasi past bo‘lib, tadbirkorlar uchun bu yo‘nalishlarda katta salohiyat mavjud.

Polietilen granulalari

Respublikada 2 ta korxona (“Uz-kor gas chemical” va “Shurtan gaz kimyo majmuasi”) yiliga 400 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Ammo farmatsevtika uchun mo‘ljallangan polietilen granulalari ishlab chiqarilmaydi. 2023-yilda 5 davlatdan 1,8 ming tonna (3,3 mln. dollar) farmatsevtika sohasi uchun ishlatiladigan polipropilen granulasi olib kelingan. Bozor to‘yinganlik darajasi — 0%. Import qilingan davlatlar: Rossiya va Koreya.

Polipropilen granulalari

Respublikada faqat 1 ta yirik korxona (“Uz-kor gas chemical”) yiliga 82 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Farmasevtika uchun maxsus polipropilen ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. 2023-yilda 1,7 ming tonna (2,9 mln. dollar) mahsulot olib kelingan. Bozor to‘yinganlik darajasi — 0%. Import qilingan davlatlar: Koreya, Eron va Xitoy.

Bolalar uchun mevali pyurelar

Mahalliy ishlab chiqarish mavjud emas, faqat mevali murabbo tayyorlanadi (24 korxona). 2023-yilda 23 davlatdan 1,2 ming tonna (2,9 mln. dollar) mahsulot olib kelingan. Bozor to‘yinganlik darajasi — 0%. Import qilingan davlatlar: Rossiya, Isroil va Qozog‘iston.

Alyumin butilkalar (salqin ichimliklar va parfyumeriya uchun)

Respublikada 1 ta korxona (“New trust world“) yiliga 450 kg. mahsulot ishlab chiqaradi. 2023-yilda 2,9 ming tonna (30,7 mln. dollar) mahsulot olib kelingan. Bozor to‘yinganlik darajasi — 0%. Import qilingan davlatlar: Rossiya, Qozog‘iston va Pokiston.

Tish pastalari

Respublikada 4 ta korxona yiliga 181 tonna mahsulot ishlab chiqaradi. 2023-yilda 6,2 ming tonna (21,6 mln. dollar) mahsulot olib kelingan. To‘yinganlik darajasi — 2,9%. Import qilingan davlatlar: Xitoy, Turkiya, BAA va Rossiya.

Mayonez

Respublikada 16 ta korxona yiliga 5,7 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. 2023-yilda 14,6 ming tonna (21,4 mln. dollar) mahsulot olib kelingan. To‘yinganlik darajasi — 28,4%. Import qilingan davlatlar: Rossiya (asosiy) va boshqa davlatlar.

Qachon bozor tovar bilan to‘yingan hisoblanadi?

Tovar bozori hajmida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar ulushi 80 foizdan ko‘p bo‘lganda bozor tovar bilan to‘yingan hisoblanadi va mazkur ulush ushbu ko‘rsatkichdan kam bo‘lganda tovar bilan to‘yinmagan hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat