$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Z avlod vakillari issiq qahvadan ko‘ra sovuq qahvani afzal ko‘rishmoqda

ays

Kofe ichish madaniyati so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishga uchradi. Ilgari barista tayyorlagan yangi damlangan issiq qahva ommalashgan bo‘lsa, hozirgi kunda zumerlar sovuq qahvani ko’proq iste’mol qilishmoqda.

O‘tgan yilda sotilgan ichimliklarning 70 foizini ice coffee tashkil etadi

Starbucks ma’lumotlariga qaraganda, 2024-yil davomida sotilgan ichimliklarning 70 foizi aynan tayyor holda sotiladigan, ice cofee bo‘lgan. Bu tendensiya nafaqat kafelarda, balki supermarketlarda ham yaqqol sezilyapti.

Sovuq qahva qaynoq qahvaga nisbatan energiyani uzoqroq saqlaydi

Zumerlarning sovuq qahvani afzal bilishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan, u ancha tetiklashtiruvchi ta’sirga ega, chunki uning tarkibida oddiy issiq qahvaga nisbatan ko‘proq kofein mavjud. Bu esa uzoq ishlash, o‘qish yoki kun davomida energiyani yuqori saqlash kerak bo‘lganlar uchun juda mos ichimlik. Ikkinchidan, uni istalgan joyda va istalgan vaqtda ichish mumkin — qahvaxonalarga borib o‘tirish shart emas.

Yirik brendlar ham bu o‘zgarishni tezda payqab, bozorga moslashishga kirishdi. Endi qahvaxonalargina emas, balki ishlab chiqaruvchilar ham “uy sharoitida sovuq qahva tayyorlash” uchun maxsus mahsulotlarni taklif qilishyapti. Bu esa yangi odatning uzoq muddatli trendga aylanishini ko‘rsatmoqda.