$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

“Husanov mashg‘ulotlarda yaxshi ishladi. U bor e’tiborini ishga qaratgan” — Pep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi haqida fikr bildirdi

Husanov

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 24-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning yangi himoyachisi Abduqodir Husanovning ruhiy holati haqida gapirdi. 

“Men Abduqodirni biror narsada ayblamayman”

Malumot uchun, o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchi o‘tgan haftada “Chelsi” (3:1) bilan o‘yinda Premer-ligada debyut qilib, 54 daqiqa harakat qilgandi. 

“Husanov mashg‘ulotlarda yaxshi ishladi. U bor e’tiborini ishga qaratgan. U bu yerda hamma uchun yangi. 

U ruhan tiklandimi? Albatta. Boshqa markaziy himoyachilar Husanovdek xato qilmagan deb o‘ylaysizmi? Ha, yuqori daraja kerak, ammo bu biroz vaqt talab qiladi. Men Abduqodirni biror narsada ayblamayman. Aksincha, hamon xatolar qilayotgan o‘zimni ayblashim kerak. Markaziy himoyachilarni yaxshilash — mening vazifam.

Husanovni o‘tgan ish uchun omma oldida ham, shaxsan ham tanqid qilmadim. U atigi 1 marta mashg‘ulot o‘tkazib, “Chelsi”ga qarshi o‘ynadi. Yangi jamoada, boshqa tilda suhbatlashiladigan mamlakatda... Bunday sharoitda Premer-ligada debyut qilsam, menga yordam berishlarini xohlagan bo‘lardim. Shunday bo‘ldi ham. Yigitlar maydonda tezda reaksiya ko‘rsatishdi va unga yordamlashishdi”, — deydi ispaniyalik mutaxassis.

Bugun Husanov “Arsenal”ga qarshi o‘ynaydi

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” — “Manchester Siti” o‘yini bugun, 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.