Yana bir turdagi huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladigan bo‘ldi
Qonunbuzarlik haqida xabar bergan shaxs holat tasdiqlangach, undirilgan mablag‘dan pul mukofoti oladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir turdagi huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladigan bo‘ldi
Qonunbuzarlik haqida xabar bergan shaxs holat tasdiqlangach, undirilgan mablag‘dan pul mukofoti oladi.
Bu qaysi huquqbuzarlik turi edi?
Kelgusida suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha fotosuratlar yoki videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda.
Boshqa holatlarda rag‘batlantirilish yo‘li
Ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda esa Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq rag‘batlantirish rejalashtirilyapti.
Xodimlar uchun qoidalar
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yuradilar va tegishli farqlash belgilarini taqadilar.
Bundan tashqari, Inspeksiya xodimlari 142 ta skuter yoki uning muqobili bilan ta’minlanadi.



