O‘zbekistonda eng mohir yosh ustalar aniqlandi
O‘zbekistonda amaliy kasb egalari katta sahnada e’tirof etildi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida turli hududlardan kelgan yoshlar santexnika, payvandlash, elektromontaj, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, oshpazlik, moda texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etdi. Eng kuchli ishtirokchilar taqdirlandi. G‘oliblar bilan birga ularni tayyorlagan ustozlarning mehnati ham e’tirof etildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Moda texnologiyalari yo‘nalishida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin
Shaxnoza Qilichboyeva — Samarqand viloyati
Sanobarxon Ergasheva — Toshkent shahri
2-o‘rin
Nilufar Salimova — Buxoro viloyati
Umida Davronbekova — Jizzax viloyati
Muxlisa Eliboyeva — Sirdaryo viloyati
Farzona Jamshidova — Samarqand viloyati
3-o‘rin
Sholpanay Uzaqbayeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Marjona Abduhalimova — Buxoro viloyati
Gulshat Ayapbergenova — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Aynur Jalg‘asbayeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Abbos Debkarov — Samarqand viloyati
Gulsevar Jabborova — Surxondaryo viloyati
Eng kuchli ishtirokchilar uchun keyingi katta bosqich — WorldSkills xalqaro chempionati. U yerda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchiga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi rejalashtirilgan.