Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Xususiylashishi aniq bo‘lgan “Humo” sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirmoqchi.

3 daqiqa o‘qiladi

Xususiylashishi aniq bo‘lgan “Humo” sotuvga qo‘yildi

3 oy oldin baribir xususiylashishi aniq bo‘lgan “Humo” to‘lov tizimi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tomonidan “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq xususiylashtirishning muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qildi.

“Gap xususiylashtirish haqida ketmayapti” – Davaktiv

Bundan 7 oy avvat Davaktiv “Humo” to‘lov tizimining ta’sischisi o‘zgargani haqida yuqoridagi fikrni bergan edi. O‘shanda Prezidentning 30-noyabrdagi qarori bilan Markaziy bankning bosh axborot markaziga tegishli bo‘lgan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi to‘liq DABAga o‘tkazilgan edi.

Agentlik ushu xabarlarni izohlash tariqasida 2023-yilning 9-martidan kuchga kirgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning o‘zida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni bu holatda MB bank bozorini tartibga soluvchi va Humo`ning yakka egasi bo‘lib qolishi ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi, deya qayd etgan.

“Ushbu holat mulkdorning vazifalarini davlat organidan Davaktiv agentligiga o‘tkazish yoki mazkur korxonani tugatish yoxud tartibga soluvchining vazifalarini ushbu davlat organidan boshqa davlat organiga o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etiladi”, — deya ta’kidlagandi Davaktiv.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish haqidagi qaror

Bundan 4 oy o‘tib, ya’ni joriy yilning aprel oyida “Humo”ning baribir xususiylashishi haqidagi xabarlar chiqdi. Unga ko‘ra, ushbu xususiylashish prezidentining 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

To‘lov tizimi davlat aksiyalari yoki aksiyalar paketlari ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilishi kerak bo‘lgan 247 ta kompaniya ro‘yxatiga kiritilgandi.

Bugungi sotuv jarayonining boshlanishi

Bugun, 22-iyul Davaktiv “Humo”ning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq xususiylashtirishning muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qildi. Agentlik “Deloitte” xalqaro kompaniyasini ushbu sotuv jarayonida xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi etib belgiladi.

Davaktivning aytaverishi va qaytaverishi birinchi marta emas – Davaktiv

Ushbu e’londan keyin iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z sahifasida “Humo”ning xususiylashishi haqida fikr bildirib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, bugungi Davaktivning ko‘ra, Humo va’da qilinganidek, ochiq savdolarda emas (tanlov savdolari), muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usulida xususiylashtirilishi ma’lum qilingan.

Bakirovning fikricha, Davaktivning aytaverishi va qaytaverishi birinchi marta emas. Oldindan yana jarayon bosqichlarining ochiqligi so‘roq ostida bo‘ladi, chunki Davaktivda bu bo‘yicha hech qanday majburiyat yo‘q.

“Biz katta ehtimol, sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirgan ishtirokchilarni ham bilmaymiz, biz kimlar Majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni berganini ham bilmaymiz va biz kimlar Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni taqdim etganini ham bilmaymiz. Balki maqsadi sotib olish emas, o‘yin qilib berish bo‘lgan sparring talabgorlar bo‘lar”, – deydi u o‘z blogida.

“Humo”ning ustav kapitali 155,4 mlrd. soʻmni tashkil qiladi

Ma’lumot uchun, milliy to‘lov tizimi 2018-yil sentabr oyida yaratilgan. O‘shanda chakana to‘lovlarni qayta ishlash bo‘yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to‘lov tizimining xavfsizlik darajasini pasaytiradi, to‘lov infratuzilmasini yagona integratsiyalashuviga yo‘l qo‘ymaydi va bitta monopoliya tizimining hukmronligiga olib kelishi ta’kidlangandi.

Bugunga kelib “Humo”ning ustav kapitali 155,4 mlrd. soʻmni tashkil qilmoqda. Ayni paytda 27 milliondan ortiq HUMO kartalari chiqarilgan boʻlib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar oʻrnatilgan.