Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Soxta hujjatlar bilan xorijga yuborishga uringan MCHJ rahbari ushlandi

Ular Toshkent shahrida fuqarolarni Yevropa davlatlariga bemalol soxta hujjatlar bilan ishga yuborishni va’da qilishgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Soxta hujjatlar bilan xorijga yuborishga uringan MCHJ rahbari ushlandi

Tezkor tadbir

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda "Ch.g" MCHJ rahbari, muqaddam sudlangan fuqaro G‘.K. fuqaro B.R. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga soxta sertifikat va diplom tayyorlab berish orqali Yevropa davlatlariga ishga yuborishini va’da qilib, evaziga B.R.dan 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergov jarayonlari

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, MCHJ rahbari G‘.K. fuqaro U.T. va boshqalarni aldab, ularni chet elga ishga yuborishi evaziga 25,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi, shuningdek 5 nafar fuqaroning nomiga "H-W." MCHJda turli kasblarga o‘qiganligi to‘g‘risida soxta sertifikatlar tayyorlab qo‘yganligi aniqlangan.  

Jinoyat ishi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.