$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari 16 ta hujjatni imzolashdi

positive

O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari 16 ta hujjatni imzolashdi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muzokaralar yakunida 16 ta hujjat imzolashdi. Bular qanday hujjatlar va qaysi sohalarga daxldor?

Hukumat rahbarlari uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Imzolangan 16 hujjat

Imzolangan hujjatlar mamlakat hayotida katta ta'sirga egadir. Bulardan:

1.Issiqko‘l kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;

2.Fuqarolar kelib-ketishlari bitimga o‘zgartirishlar kiritish bayonnomasi;

3.O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi borasida muzokaralarni yakunlash bayonnomasi;

4.Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

5.Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

6.Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

7.Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

8.2024-2030-yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish rejasi;

9.2024-2026-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik rejasi;

10.2024-2026-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi";

11.2024-2026-yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi;

12.O‘zbekiston Strategik tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iziston Strategik tashabbuslar instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar.

Теги :
Jamiyat