$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoyda sun’iy intellekt sabab HRlar ham o‘z ishidan ayrilmoqda

hr

Xitoy banklari xodim tanlash xarajatlarini kamaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida intervyularda sun’iy intellektga tobora ko‘proq tayanmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan suhbat o‘tkaza oladi

Tashabbusni mamlakatning eng yirik moliya muassasalari, jumladan, Xitoy banki va XXR sanoat-tijorat banki qo‘llab-quvvatladi.

Banklar xodimlarni tanlashda qo‘llaydigan vositalar orasida sun’iy intellekt suhbatchisi ham bor. Bunday “eychar mutaxassis” bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan suhbat o‘tkaza oladi. Ammo, bot bilan suhbat ishga qabul qilish jarayonining bir bosqichi, xolos. Odatda nomzodlar sinov topshirig‘ini bajarib bo‘lgandan keyin bot bilan gaplashadi, undan so‘ng kompaniya vakili bilan yuzma-yuz uchrashadi.

Bu nomzodlar uchun qulaylik tug‘dirmoqda

Noodatiy intervyudan o‘tish uchun nomzodlar maxsus ilovani yuklab olishi va belgilangan vaqtda bog‘lanishi lozim. Xitoyning ayrim fuqarolari allaqachon sun’iy intellektga asoslangan kadrlar bo‘limi xodimi bilan muloqot qilishga ulgurgan. Ularning ba’zilari bunday suhbatda o‘zlarini ancha qulay his qilishini ta’kidlamoqda: bot bir savolga bir necha bor javob berish imkonini yaratadi va psixologik bosim o‘tkazmaydi.

Boshqa nomzodlar esa, aksincha, noqulay ahvolga tushib qolgan. Masalan, ba’zida SI-botlar nomzodlarni tuzoqqa ilintirishga harakat qilayotgandek, noo‘rin savollar bergan. Ayrimlar suhbat davomida texnik nosozliklardan ham shikoyat qildi. 

Endi HRlarga ish qolmaydimi?

Sun’iy intellektning jadal rivojlanishi HRlarning rolini o‘zgartirayotgani aniq, ammo hali kompaniyalar ularni to‘liq botlar bilan almashtirishdan yiroq. Botlar asosiy ma’lumotlarni yig‘ish va dastlabki baholashda samarali, ammo inson omili talab qilinadigan murakkab holatlar va nomzodning shaxsiy fazilatlarini tahlil qilishda HRlar hali ham muhim.

HRlar uchun yangi davr — sun’iy intellekt yordamida strategik va kreativ vazifalarga e’tibor qaratish imkoniyatini beradi. Ular botlar bilan hamkorlik qilib, nomzodlarni chuqurroq tahlil qilish va kompaniya madaniyatiga mos kadrlarni tanlashda asosiy rolni o‘ynashda davom etadi. Endilikda HRlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zlarini rivojlantirishlari mumkin:

Tahliliy ko‘nikmalar: Sun’iy intellektdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, samarali qarorlar qabul qilish.

Texnologik hamkorlik: Sun’iy intellekt tizimlarini boshqarish va ular bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish.

Yuqori darajadagi murakkablik: Nomzodlarning motivatsiyasini tushunish, ularning kompaniyaga mosligini baholash va individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqish.

Теги :
Jamiyat