Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Hamster tangalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar javobgarlikka tortiladi

Ushbu huquqbuzarlik birinchi marta sodir qilinganda sodir etish quroli musodara qilinib, 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosi qoʻllanishi mumkin. Ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanmaydigan shaxslarga esa ham BHMning 20 baravardan 30 baravarigacha jarima jazosi tayinlanadi.

2 daqiqa o‘qiladi

Hamster tangalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar javobgarlikka tortiladi

Bir shaxs Hamster tangalari oldi-sotdisi bilan qanchalik ko‘p shug‘ullansa unga nisbatan jazo chorasi ham shunchalik og‘irlashaveradi.

Hamster o‘yinidan hech qanday moddiy manfaat ko‘rishning iloji yo‘q

Hamster kombat oʻyini tangalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish javobgarlikka sabab boʻladi.

Ma'lum qilinishicha, yoshlar orasida Hamster kombat ommalashib ulgurdi. Mazkur oʻyin qoidasi shundan iboratki, siz telefon ekranida koʻrinadigan sichqoncha orqali tangalar yig‘ib, soʻngra ulardan daromad topishingiz mumkin ekan. Bu qanchalar toʻg‘ri ekanligi yuzasidan mutaxassis ma'lumot berdi.

«Hamster kombat oʻyini oddiy oʻyin boʻlib, undan hozirgi kunda hech qanday moddiy manfaat koʻrish iloji yoʻq. Ushbu oʻyinni oʻynash orqali toplangan Hamster tangachalarini oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish mumkin emas. Hamster tangachalari bozorga ma'lum qiymat bilan chiqqandan soʻng, uni sotish va sotib olish mumkin», — dedi IIV Tezkor qidiruv departmenti Kiberxavfsizlik markazi xodimi.

Birinchi marta sodir qilinganda 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosi

Ma'lumotlarga koʻra, ayni paytda 60 milliondan ortiq kishi ushbu oʻyindan foydalanmoqda. Mutaxxasisning ta'kidlashicha, Hamster tangachalari Kripton bozorida sotiladigan aksiyalar roʻyxatiga kiritilganda sotish, sotib olish va ayrib olish javobgarlikni keltirib chiqaradi.

“Huquqbuzarlik sodir etilganda, Ma'muriy javobgarlik toʻg‘risidagi kodeksning 155-moddasiga asosan birinchi marta sodir qilinganda sodir etish quroli musodara qilinib, 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosi qoʻllanishi mumkin. Mazkur kodeksda ma'muriy qamoq jazosi qoʻllanmaydigan shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravardan 30 baravarigacha jarima jazosi tayinlanadi. Huquqbuzarlik 1 yilda 2 martga sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 278-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishi mumkin”, — dedi Kiberxavfsizlik markazi xodimi.

 

Iqtisodchining munosabati

Hamster o‘yiniga iqtisodchi Valijon Toʻraqulov oʻz munosabatini bildirdi.

“Umuman olganda har qanday oson topiladigan pul orqasida jinoyat yotadi, agar oʻsha topilayotgan pul qiymati boʻlmasa. Qiymat bu qanaqadir xizmat qilinmasdan pul topilsa, qanaqadir fikr berilmasdan pul topilsadir. Hozir gapirayotgan oʻynimizda hech qanday qiymat yoʻq. Telefon ekranini koʻproq bosish orqali pul qilinadi. Yoʻq, bu narsa hech qachon pul olib kelmaydi. Buning ortida nimadir bor”, — dedi iqtisodchi.