Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol 8 yilga “kesildi”

U Balashovga katta miqdorda geroin olib kelgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol 8 yilga “kesildi”

Rossiyaning Saratov viloyatida o‘zbekistonlik ayol yirik miqdorda giyohvand moddalarni sotgani uchun 8 yilga koloniyaga jo‘natildi.

Qismlarga boʻlinib yashirilgan geroin

O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxs bilan til biriktirib, uning ko‘rsatmasi asosida Moskva viloyatidan giyohvand moddalarning ulgurji partiyasini (og‘irligi 210,5 gramm bo‘lgan geroin) olgan. Shundan keyin u moddalarni qismlarga bo‘lib, Balashov shahridagi Sofinskaya ko‘chasining turli joylariga yashirgan.

 204,6 gramm giyohvandlik moddasi

Politsiya mazkur jarayon paytida ayolning jinoiy faoliyatini aniqlagan. O‘zbekiston fuqarosini ko‘zdan kechirish chog‘ida giyohvand moddalarning qolgan qismi (204,6 gramm) topilgan.

Qonuniylashtirilgan pullar

Mahsulotni sotishdan tushgan pulni ayol boshqalarning bank kartalari yordamida “yechib olgan”. Shu tariqa u 200 ming rublni qonuniylashtirgan.

8 yillik qamoq jazosi

“Ayol giyohvand moddalarni noqonuniy sotish va jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga urinishda aybdor deb topilgan. Unga umumiy tartibli axloq tuzatish koloniyasida 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan”, - deyiladi xabarda.