$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda iste'molchilarga 105 foiz koʻp elektr energiyasi yetkazib berildi

het

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 2024 yilda bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshligʻi Saodat Ibragimova ma'lum qildi.

Elektr energiyasini barqaror ta'minlash yo‘lida yangi qadamlar

 Xususan, oʻtgan yil mobaynida iste'molchilarga 67,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 105 foizga koʻp.

 Shu bilan bir qatorda zarur ehtiyojni qoplash maqsadida mahalliylashtirish dasturi asosida hududiy filial va korxonalarda tashkil etilgan ishlab chiqarish tsexlarida 142 ming dona temir -tayanch ustunlar hamda 152 220 dona travers ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya

 Iste'molchilarga barqaror elektr energiyasi etkazib berish sifatini yanada oshirish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning tizim tarkibidagi hududiy korxona va filiali tomonidan 0,4-110 kV taqsimlovchi tarmoqlarni yangilash va modernizasiya qilish dasturlari asosida 6800 kmga yaqin elektr uzatish tarmoqlari, 2624 dona transformator puktlari, 5 ta taqsimlash punkti, 179 kilometr 35-110 kV kuchlanishli tarmoqlar hamda 21 ta podstansiya yangidan qurildi hamda 100 ta podstansiya modernizasiya qilindi.

Investitsiyalar va raqamli transformatsiya

 Shu bilan bir qatorda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan oʻtgan yil mobaynida Investisiya dastur doirasida “Respublika boʻyicha 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish”, “Raqamli transformasiya va taqsimlash tarmogʻining barqarorligini oshirish” hamda “Respublika boʻyicha 35-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizasiya qilish hamda podstansiyalar qurish” loyihalari doirasida 189,0 mln. dollar mablagʻlar oʻzlashtirildi.

 “HET BILLING” dasturi faoliyati

 Shuningdek, iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi toʻliq ishga tushirildi.

 Mazkur tizim orqali iste'molchilar elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma'lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.

 Yangilangan tizim orqali iste'molchilar bevosita oʻzi iste'mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, toʻlov ma'lumotlari, kunlik elektr energiya iste'moli va boshqa har qanday ma'lumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratildi.

Теги :
Jamiyat