$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ko‘z kasalliklariga yo‘liqmaslik uchun nimalarni iste’mol qilish lozim?

ko

Kino ko‘rish yoki o‘yin o‘ynash kabi uzoq davom etadigan mashg‘ulotlar insonning ekranga ko‘z uzmasdan qarab turishiga sabab bo‘ladi. Normal ko‘zlar 1 daqiqada 15 — 18 martagacha kiprik qoqib, o‘zini namlab turishi kerak. Ko‘zning yaxshi namlanmasligi oqibatida ko‘z bilan bog‘liq turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Bu borada Amerika Oftalmologiya Akademiyasi olimlari ma’lumot berdi. Ba’zi oziq moddalar umumiy ko‘z holatini yaxshilashi va ba’zilari ko‘z kasalliklari xavfini kamaytirishi tadqiqotlarda ayon bo‘ldi, deya tushuntiradi oftalmolog Rebecca akademiya veb-saytida.

Sabzavotlar va meva ko‘z ravshanligini oshiradi

Apelsin rangli sabzavotlar va mevalar, yog‘li dengiz baliqlari, bargli salatlar va dukkaklilar ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi moddalarni o‘z ichiga oladi.

Akademiya ratsioningizga olovrang sabzavot va mevalarni (ayniqsa sabzi, sholg‘om va shunga o‘xshashlar) kiritishni tavsiya qiladi. Ular ko‘zning to‘r pardasi va ko‘z yoshi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan A vitaminiga boy. Ayniqsa, shirin kartoshka juda foydali: yuz gramm A vitaminining kunlik dozasining 200 foizdan ortig‘ini o‘z ichiga oladi. 

Shuningdek, sabzi, qovun va o‘rik ham ushbu toifaga kiradi.

Antioksidantlar kataraktaning oldini olishi mumkin

Antioksidantlar yoshga bog‘liq ko‘z kasalliklari va kataraktaning oldini olishi yoki sekinlashtirishi mumkin. S vitamini sitrus mevalari, shaftoli, qizil qalampir, pomidor va qulupnayda mavjud. Yana bir antioksidant, E vitamini avokado, bodom va kungaboqar urug‘larida mavjud. Yashil bargli sabzavotlar va ismaloq, sholg‘om, brokkoli, no‘xat va tuxum kabilar ham ko‘rish qobiliyati uchun muhimdir.