$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻtgan yili taksi haydovchilari qancha daromad oldi?

Taksi Foto: Gazeta.uz

Soliq qo‘mitasi taksi bozorini qonuniylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

Qayd etilishicha, yozda 142 ta taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib ularning soni 155 taga yetdi.

2024-yilda jami 319,06 mln. marta yo‘lovchi tashilgan

2024-yilda jami 319,06 mln. marta yo‘lovchi tashish amalga oshirildi. Taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha aylanma 5,89 trln. so‘mni (yozda 3 trln. so‘m) tashkil etdi. Ularning qariyb 4,5 trln. so‘mi (76,3 foizi) naqd pul, 1,4 trln. so‘mi (23,7 foizi) karta orqali to‘langan.

Bir chekning o‘rtacha narxi avgust oyiga nisbatan 18 000 so‘mdan 18 456 so‘mga oshdi.

498 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 498 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar shug‘ullanmoqda. Ularning yarmidan ko‘pi (57 foiz) 30−50 yoshda — 283 680 kishi, 30 yoshgacha — 179 245 kishi (36 foiz), 50 yoshdan kattalar — 35 004 kishi (7 foiz).

Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan: 2024-yil boshida 1053 nafar, yil oxiriga kelib 4124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

1mln. soʻmdan 100 mln. soʻmgacha

Yil davomida haydovchilar quyidagicha daromad oldi:

100 mln. so‘mdan ortiq — 4,7 mingga yaqin haydovchi;

50−100 mln. so‘m — 23,1 ming haydovchi;

10−50 mln. so‘m — 114,6 ming haydovchi;

5−10 mln. so‘m — 63,5 ming haydovchi;

1−5 mln. so‘m — 136,4 ming haydovchi;

1 mln. so‘mgacha — 155,5 ming haydovchi.

Yo‘lovchilar asosan qanday avtomobil rusumlarida tashiladi?

Soliq qo‘mitasi avvalroq ayrim haydovchilar yo‘lovchi tashish bilan muntazam shug‘ullanmasligi, balki taksi xizmati ko‘rsatishni haftasiga bir marta amalga oshirishini bildirgandi. Shu sababli, ularning hisoblangan vaqtdagi daromadi 1 mln. so‘mdan kam bo‘lishi mumkin.

Yo‘lovchilar asosan Nexia (17,8 foiz), Cobalt (16,9 foiz), Lacetti (13,9 foiz), Spark (10,7 foiz) va Matiz (7,9 foiz) avtomashinalarida tashiladi. 4906 nafar haydovchi Tracker, 1345 nafari Epica, 1560 nafari BYD Song, 1265 nafari Captiva va 1049 nafari Monza avtomashinalaridan foydalangan holda taksi xizmatlarini ko‘rsatadi. Elektr transport vositalarining ulushi 1,2 foizni tashkil qiladi.

Avtomobillarning yoshi

Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):

1−3 yil — 10,4 foiz;

3−5 yil — 9 foiz;

5−10 yil — 23,6 foiz;

10 yildan ortiq — 56,9 foiz.

Ishlab chiqarilganiga 1 yildan kam bo‘lgan faqat 22 ta mashina taksi xizmatini ko‘rsatgan.

Fuqarolar asosan qayerlarga safar qilmoqda?

Safarlarning katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 51,6 foiz. Shuningdek, Samarqand viloyatida — 7,65 foiz, Farg‘ona viloyatida — 7,56 foiz, Buxoro viloyatida — 6 foiz, Andijon viloyatida — 5,74 foiz va Qoraqalpog‘istonda — 5 foiz.

2024-yilda taksi agregatorlari tomonidan 156,8 mlrd. so‘m soliq to‘langan bo‘lsa, shundan 66,2 mlrd. so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat