$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bugun O‘zbekiston aholisi mavsum uchun eng issiq harorat to‘lqini bilan to‘qnashadi

hot

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga tayanib, O‘zbekistonda 27-iyun kuni soat 16:00 da kutilayotgan bioiqlimiy sharoit prognozini eʼlon qildi. Iqlimshunosning yozishicha, yaxlit shaklga ega past bosimli atmosfera sohasi issiqlik to‘lqinini (ehtimoliy termik depressiya jarayoni) keltirib chiqarmoqda.

 Prognoz kartasi

Ishonchli iqlim modellarining havo hamda shudring nuqtasi harorati (hisob-kitoblar asosida nisbiy namlik kelib chiquvchi ob-havo parametri) prognoz maʼlumotlaridan foydalanib, prognoz kartasi tuzildi. Kartada keltirilishicha, ehtimoliy termal tushkunlik (termik depressiya) jarayonida 27-iyun soat 16:00 da Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati janubi, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari asosiy qismi, vodiy viloyati markazi, Qo‘qon shahri atrofi hamda Xorazm viloyatining Tuyamo‘yin suv ombori atrofidagilar yuqori issiqlik (6-zona) stresslarini (qizil rangli hududlar) qabul qiladi. 

Ochiq oftob ostida harakatlanmang

Bu sharoitda kishilar ochiq oftob ostida harakatlanishi tavsiya etilmaydi. Bugun respublikaning katta qismida “issiq” (to‘q sariq) bioqlimiy sharoitlar (5-zona) kuzatilib, bu kabi hududlardagi aholi ochiq oftob tig‘i ostida bosh kiyim, oq va sariq rangli matolardagi kiyimlarni kiyishlari, ko‘p suv isteʼmol qilishlari tavsiya etiladi, deb yozadi iqlimshunos.

Oq va sariq rangli paxtali kiyimlar kiying

Erkin Abdulahatovning yozishicha, oq va sariq rangli paxtali kiyimlar quyosh nuri taʼsirini inson tanasiga eng kam taʼsir o‘tkazuvchi matolar hisoblanadi. Jazirama yoz oylari uchun eng maqbul rang oq va sariq rangli kiyimlardir. Qora, to‘q yashil va to‘q ko‘k rangli futbolkalarni yuqori faollikdagi quyosh tig‘i ostida kiyish tavsiya etilmaydi.

Теги :
Jamiyat