Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +21° kechasi +9°

O‘zbekistonda havo yana sovib ketishi kutilmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, joriy yilning 20—22-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo yana sovib ketishi kutilmoqda

O‘zgidromet o‘zbekistonliklarni nam va sovuq havo massalari kirib kelishidan ogohlantirdi. 

O‘zgidromet axboroti

O‘zbekiston hududida yana havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda. Joriy yilning 20—22-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 20—21-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Havo harorati darajasi

21—22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ma’lumot uchun, 15—16-dekabr kunlari mamlakat hududining katta qismida qor yog‘gan edi.