$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 24−25 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hashar

Mustaqillik munosabati bilan umumxalq xayriya hashari o‘tkazish to‘g‘risida hukumatning tegishli farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Mahallalar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hashardan ko‘zlangan maqsad

Ushbu sanalar shanba va yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Bundan tashqari, shu kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

Hashar haqidagi qaror mazmuni

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 10-mayida hasharlar o‘tkazish bo‘yicha hukumatning muhim qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq, hasharlar prezidentning tegishli qarori yoki umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori mavjud bo‘lgandagina o‘tkazilishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar tashkil etish va o‘tkazish faqat ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi mumkin.

Hasharlar qat’iy ravishda hashar ishtirokchilari ishlayotgan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.

Xavfli hududlarda hashar o‘tkazish taqiqlanadi

Hasharlar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bundan boshqa barcha turdagi jamoat ishlariga, shu jumladan qurilish, ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.

Avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Hujjatda inson hayotining barcha jabhalarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va unga to‘liq barham berish bo‘yicha davlat organlariga topshiriqlar ham berilgan.