Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Hamster odam "o‘ldirdi"

Samarada maktab o'quvchisi Hamster Kombat sababli ayanchli tarzda halok bo'ldi

1 daqiqa o‘qiladi

Hamster odam "o‘ldirdi"

Maktab o‘quvchisi shu darajada o‘yinga berilib ketganidan hammomda ham telefonini qo‘lidan tushirmagan.

Telefonini quvvatlagichga ulagan

13-iyunga oʻtar kechasi Samarada maktab oʻquvchisi fojiali ravishda halok boʻldi. Oson pul topishga uringan oʻsmir Hamster Kombat oʻynay boshladi. Hatto hammomda ham bu oʻyinni oʻynashda davom etib, telefonini quvvat oldirgichga ulagan.

Bola kuchli tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Smartfon uning qoʻlidan sirgʻalib chiqib, suvga tushib ketgan va bolani kuchli tok urgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning oʻlganini ma'lum qilgan.

Ota-onasi farzandini bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan

“Vremya Press” axborot agentligining qoʻshimcha qilishicha, marhumning ota-onasi uni bu oʻyindan qaytarishga koʻp bor urinishgan, ammo, harakatlari besamar ketgan.

“Mutaxassislar Hamster Kombat-da faqat o‘yin yaratuvchilari yoki unga dastlabki bosqichlarda kelgan odamlar boyib ketishlari mumkinligi haqida ogohlantirsa-da,

maktab o‘quvchilari "hamster" tezda millionerga aylantirishiga ishonishda davom etmoqdalar”, - deyiladi nashrda.

“Notcoin”ning avlodi

Ma'lumot oʻrnida, Hamster Kombat – Telegram-ga asoslangan virusli kripto oʻyini boʻlib, unda virtual kripto almashinuvini boshqarish orqali HMSTR tokenlarini olish mumkin.

Oʻyin shunga oʻxshash loyiha “Notcoin” muvaffaqiyatidan keyin juda ommalashmoqda.