Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

O‘yindan o‘t chiqdi

Hamster Kombat o‘ynagan o‘quvchi ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘yindan o‘t chiqdi

Hamster Kombat o‘ynagan o‘quvchi ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi.

Mukkasidan ketgan bola

Rossiyaning Tyumben shahrida Hamster Kombatni muntazam o‘ynab, mukkasidan ketgan maktab o‘quvchisi ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi. U ekranni tinimsiz bosib, tanga yig‘ishga mukkasidan ketib qolgan va unga psixiatr yordami kerak bo‘lib qolgan. Bu haqida "newsru" nashri ma’lumot berdi (https://news.ru/regions/novaya-igra-s-homyakom-dovela-shkolnika-do-psihicheskogo-rasstrojstva/).

Har 3 soatda o‘ynagan 

14 yoshli ushbu bola budilnikni har 3 soatga qo‘ygan, shu vaqt ichida tangalar yig‘ilib borgan va bola ularni to‘plagan. Bunday kun tartibi esa uyqu me’yorini buzib yuborgan. Uyqusizlik kuchayib borishi natijasida sakkizinchi sinf o‘quvchisida gallyutsinatsiya (yo‘q narsa va hodisalarni bordek idrok etish) paydo bo‘lgan va zudlik bilan ruhiy salomatlik markaziga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kriptovalyuta oldi-sotdisini, faqat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kripto-birjalarda amalga oshiriladi.