$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dangasalikmi yoki revolyutsiya: Yaponiyada odamlar uchun moʻljallangan “yuvish mashinasi” ishlab chiqildi

Hammom

Yaponiyaning dush uskunalarini ishlab chiqaradigan Science kompaniyasi odamlar uchun moʻljallangan kir yuvish mashinasiga oʻxshash aqlli dush kabinasini ishlab chiqdi. Bu haqda techcrunch portal xabar berdi.

Hammom SIga asoslangan

Sunʼiy intellektga asoslangan bu hammom qurilmasi 2022-yilda jamoatchilikka tanishtirilgan. Qurilma kapsulaning oʻrtasida oʻtirgan foydalanuvchini havo pufakchalari va kuchli suv oqimi yordamida yuvadi. Choʻmilish jarayonida sunʼiy intellekt tasalli beruvchi videolarni tanlab, foydalanuvchiga taqdim etadi. Yuvinish jarayoni tugagach esa qurilma odamni quritadi. Ma’lumotlarga qaraganda, to‘liq jarayon atigi 15 daqiqani oladi, xolos.

Qurilma sotuvga chiqmasligi mumkin

Bunday innovatsion vanna tizimi birinchi marta 1970-yilda Yaponiya Jahon koʻrgazmasida namoyish etilgan mashhur mashinaning modernizatsiya qilingan versiyasidir.

Ayni paytda bu maxsus qurilma sotuvga chiqmasligi mumkin. Hozirda kompaniya uni faqat Osaka Expo 2025 koʻrgazmasida namoyish qilishni rejalashtirmoqda.