Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini 3 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Iqtisodiy rivojlanish vaziri Reshetnikovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston Rossiya iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchlardan biriga aylangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini 3 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Ma’lum qilinishicha, Rossiya va O‘zbekiston tovar aylanmasini yiliga 30 mlrd. dollargacha, ya’ni hozirgiga nisbatan uch baravarga oshirmoqchi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri O‘zbekiston iqtisodini e’tirof etgan

RIA Novosti RF iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning so‘zlarini keltirmoqda. “10 milliardlik (dollarlik) raqamga erishdik. Bir qarashda yaxshi natija. Ammo mamlakatlarimiz yetakchilari o‘rtasidagi (yaxshi) munosabatlar bizni doim olg‘a intilishga undaydi”, — dedi Reshetnikov.

Vazirning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchlardan biriga aylangan.

Joriy yilda tovar aylanmasi hajmi 29,5 foizga o‘sgan

Shuningdek, 2023-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $9,88 mlrd. ni tashkil etgan. Yillik kesimda 5,4 foizlik o‘sish qayd etilgan.

2024-yilning yanvar — iyun oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi yillik nisbatda 29,5 foizga o‘sib, $5,75 mlrd. ga yetgan.