$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashdi

hamkorlik

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash masalalari atroflicha o‘rganilib, bir necha muhim shartnomalar imzolandi.

O‘zaro uchrashuv

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyin Xorelsux bilan uchrashdi. Tadbirda shuningdek ikki tomonning maxsus kompaniyalari, jumladan Mo‘g‘ulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads hamda O‘zbekistonning Basalt Uzbekistan, BMB Holding, New Way Industries, Panaev Farms, Ezel Central Asia, Azia Metall Prof, “Жиззах Жун”, Procab kabi kompaniyalari ishtirok etdi.

Mirziyoyev uchrashuv haqida gapirib o‘tdi

Ikki davlat o‘rtasidagi bunday katta uchrashuv ilk marta o‘tkazildi. Bu haqida mamlakatimiz rahbari alohida gapirib o‘tdi. “Bu sizning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga qaratilgan qat’iy intilishingizni va alohida e’tiboringizni yana bir bor tasdiqlaydi. Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni ta’kidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qo‘ydik”, - deya fikr bildirdi davlat rahbari.

Bir nechta shartnomalar imzolandi

Ikki davlat o‘rtasida 14 ta yirik shartnoma, jumladan:

– Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dastur;

– Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Havo aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bayonnoma;

– Toshkent va Ulan-Bator shaharlari ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Теги :
Жамият