$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda davlat xizmatchilariga “halollik vaksinasi” singdiriladi

amaldor

O‘zbekistondagi davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish maqsad qilingan. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Korrupsiyaga moyillikni baholash

Loyihaga ko‘ra, 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash rejalashtirilgan. Bu xorijiy grant mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ijro uchun kim masʼul?

Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflarni muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib borish ham ko‘zda tutilgan.

Ijro uchun asosiy mas’ul etib Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilayotgani haqida avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qilgandi.

Теги :
Jamiyat