Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

Malayziyida ham “Halol” sertifikatini joriy etish orqali mahalliy mahsulotlar eksportini oshirish reja qilinmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Malayziyaning “JAKIM” Islom taraqqiyoti departamenti bosh direktori o‘rinbosari Dato Sirajuddin bin Suhaimi bilan video-aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyida ham “Halol” sertifikatini joriy etish orqali mahalliy mahsulotlar eksportini oshirish reja qilinmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti rahbariyati bilan mamlakatda "Halol" sertifikatini joriy etish va mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Kelishuvni amalga oshirish muhokamasi

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning joriy yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, halol sanoat, sertifikatlashtirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish sohasida O‘zbekiston–Malayziya munosabatlarini rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

“Halol” sertifikati

Tomonlar "JAKIM" delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi vaqtini kelishib olib, uning davomida turli sohalarda mahalliy mutaxassislar uchun Malayziyaning halol mahsulot sanoati tizimi bilan tanishish va halol sertifikatlarini joriy etish maqsadida amaliy o‘quv seminari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bu orqali mahalliy mahsulotlar savdosida ishonch va ayrboshlashdagi yuqori o‘sish niyat qilinmoqda.