Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +8° kechasi +8°

Jinoiy guruh bankdan 370 mlrd. so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Ular bank xodimidan bankning dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSh dollari evaziga sotib oladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Jinoiy guruh bankdan 370 mlrd. so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Jinoiy guruh bankdan 370 mlrd. so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Ular bank xodimidan bankning dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSh dollari evaziga sotib oladi.

Bank kartalaridan pullarni yechib olmoqchi bo‘lishgan

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablag‘larini xakerlik hujumi orqali noqonuniy o‘zlashtirishga uringan shaxslarning qilmishlari fosh etildi.

Xususan, Toshkent shahridagi banklardan birining sobiq xodimi hozirgi kunda mazkur bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bankning dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSH dollari evaziga sotib oladi.

Chet elga yo‘l olgan pullar va "quruq" jinoyatchilar

Jinoyatchilar Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, dastlab bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd. so‘m mablag‘ni xaker jalb qilgan holda o‘g‘irlashni reja qilishgan.

Keyin esa bu pullar ofshor hududlar orqali jinoyatchilarning chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Buning natijasida ular hujum chet eldan amalga oshirildi degan vaj bilan suvdan quruq chiqishni reja qilishgan.

Jinoyat ustida

Qonunbuzarlar 189 mlrd. so‘mni chet el valyutasiga aylantirib, xorijiy hisob raqamiga o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganda, jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Jinoyat ishi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.