$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Haj ziyoratiga ketgan 19 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi

Haj

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Saudiya Arabistonida Haj amallarini o‘tayotgan kamida 14 nafar iordaniyaliklar jazirama issiq oqibatida halok bo‘ldi. Shu bilan birga, yana 17 nafar kishi bedarak yo‘qolgani ham aytilmoqda. Bu haqda Qalampir nashri ma’lum qildi.

Eronliklar ham halok bo‘lmoqda

Eron Qizil yarim oy jamiyati besh nafar eronlik ziyoratchi ham halok bo‘lganini tasdiqlagan, biroq ular qanday halok bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Iordaniya rasmiylari esa bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etayotganini aytdi.

Saudiya Arabistoni SSVsidan ogohlantiruv

Shuningdek, Iordaniya rahbariyati o‘z bayonotida Saudiya Arabistoni hukumati bilan marhumlarning jasadlarini oilalari xohishiga ko‘ra shu joyga dafn etish yoki o‘z yurtiga qaytarish tartib-qoidalarini muvofiqlashtirganini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylarining aytishicha, issiqlikni yumshatish choralari doirasida ular iqlim nazorati ostidagi ko‘plab qulay hududlarni tashkil qilgan. Suv tarqatib, ziyoratchilarga quyoshdan qanday himoyalanish haqida maslahatlar berib borishmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, ziyoratchilarni suvsiz qolmasliklari va kunning eng issiq vaqtida soat 10:00 dan 16:00 gacha ochiq havoda bo‘lmasliklarini so‘ragan.

O‘tgan yili 240 kishi halok bo‘lgan

Ma’lumot uchun, Haj dunyodagi eng yirik ommaviy yig‘inlardan biridir. 2015-yildagi Haj ziyorati vaqtida 2000 dan ortiq odam vafot etgan. 2023-yilda kamida 240 kishi halok bo‘lgan. 2024-yilda 1,8 milliondan ortiq ziyoratchilar Haj amallarini ado qilmoqda. Ziyorat 19-iyun kuni yakunlanadi.

Теги :
Жамият