$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Saudiya "tozalash" ishlarini boshlab yubordi

Haj

Makka shahridan 300 mingdan ortiq ziyoratchi chiqarib yuborildi.

Hajga tayyorgarlik

Keyingi hafta islom dinining besh arkonidan biri bo‘lmish haj ziyorati boshlanadi. Saudiya Arabistoni xavfsizlik kengashi esa hajga kelayotganlarning xavfsizligi uchun musulmon olamining muqaddas shahri sanalmish Makkadan ro‘yxatdan o‘tmagan 300 mingdan ziyod ziyoratchini shahardan chiqarib yubordi. Ushbu ma’lumotni “Saudi Press Agency” taqdim etdi.

Chiqarilganlar tarkibi

Ushbu chiqarib yuborilgan ziyoratchilarning 159 998 nafari Makkaga haj vizasi o‘rniga shunchaki turistik viza bilan kelgan xorijliklardir. Yana, shaharda 171 587 nafar Saudiyada istiqomat qiluvchi, lekin Makkada yashamaydigan fuqarolar ham qo‘lga olingan. Undan tashqari, 140 ta soxta haj kompaniyasi, 64 ta haj tartibini buzgan yo‘lovchi tashuvchi, 97 644 ta qoidabuzarlik qilgan mashinalar chiqarib yuborilgan, boshqa turli qoidalar buzgan 6 105 shaxs qo‘lga olingan.

O‘tgan yilgidan kamroq ziyoratchi

8-iyungacha bo‘lgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Makkaga 1,3 milliondan ortiq ziyoratchi kelgan. Bu o‘tgan yilgidan kamroq bo‘lib turibdi, 2023-yilda haj safariga 1,8 million musulmon tashrif buyurgan edi. Haj ziyorati 14-iyundan boshlanadi.