$
 12980.16
44.89
 14606.57
239.37
 161.63
1.16
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qirg‘iziston ortidan Qozog‘iston ham go‘sht narxining oshishida O‘zbekistonni aybladi

go‘sht

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Aydar Saparov brifing o‘tkazib, go‘sht narxi oshishi bilan bog‘liq bir qator savollarga javob berdi.

Qozog‘iston tomoni bayonoti

Ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonliklar go‘sht mahsulotlarining bir kilogrammi taxminan 3500 tenge (deyarli 92 ming so‘m) narxi oshganidan norozi. Vazir mahsulot tannarxi keskin oshib borayotgani sababini ma’lum qildi. Saparovning so‘zlariga ko‘ra, narxlarning oshishiga O‘zbekiston va Tojikistondan talabning yuqoriligi sabab bo‘lmoqda. Vazir qo‘shni davlatlar sotuvchilardan go‘sht mahsulotlarini faol olib ketayotgani va shu sababli mahalliy aholi uchun narxlar oshib borayotganini ta’kidlaydi.

Qirg‘iziston xavotiri

Avvalroq Qirg‘iziston bozorlarida go‘sht narxining keskin ko‘tarilishi iste’molchilarni ham, davlat idoralarini ham xavotirga solgan edi. Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning avgustidan sentyabrigacha bo‘lgan davrda mol go‘shti narxi 38,54 so‘mga sezilarli darajada oshgan. Avgust oyida mol go‘shtining o‘rtacha narxi bir kilogramm uchun 570,23 qirg‘iz so‘mi bo‘lgan, sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 608,77 qirg‘iz so‘miga yetgan. Qirg‘iziston Monopoliyaga qarshi xizmati narxlarning oshishiga sentyabr oyidagi to‘y mavsumi va ozuqa yetishmovchiligi sabab bo‘lgani haqida xabar bergan. Biroq, keyinchalik O‘zbekistonga va undan keyin Tojikistonga go‘sht eksportining sezilarli darajada oshgani asosiy omil bo‘lgan.

O‘zbekiston go‘sh yetishtirish hajmi

Statistika agentligiga ko‘ra, 2024-yil yurtimizda jami 2,9 million tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,9 foizga oshgan. Unga ko‘ra, 2023-yilda respublikamizda 2,8 million tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Ajablanarlisi, go‘sht yetishtirish hajmi o‘tgan yili ham 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 foizga oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir O‘zbekiston fuqarosi yiliga o‘rtacha 31,6 kilogramm mol go‘shti iste’mol qiladi, bu esa kuniga 86,5 grammga to‘g‘ri keladi​. Go‘sht iste’moli ko‘p bo‘lishiga qaramay, mamlakatda chorva mollari va go‘sht mahsulotlari narxlari ko‘tarilib borayotgani kuzatilmoqda​.

Теги :
Jamiyat