$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Messi yoki Ronaldu?: Kim 2024-yilni yaxshiroq o‘tkazdi?

Messi va Ronaldu

Futbol olamida ikki inson tirik ekan ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik hech yakun topmaydi. Bu ikki futbolchi, albatta, Messi va Ronaldu. Biri Amerikada, biri esa Saudiya Arabistonida, ammo hammaning nigohi hamon ularda. Shunday ekan, keling, futbolchilarning 2024-yildagi natijalarini taqqoslab chiqamiz.

Umumiy natijalar

Messi 2024-yilda 36 o‘yinda maydonga tushgan va 29 gol hamda 18 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Umumiy hisobda 47 ball. 

Ronaldu o‘tgan yilda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol va 7 assist qilishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy hisobda 50 ball. 

Messi amalga oshirgan 47lik natijani 36 ga bo‘lamiz va futbolchi har bir o‘yinda 1,3 ballik foydali harakatni amalga oshirganiga guvoh bo‘lamiz. Bu natija Ronalduda 0,98 ni tashkil qilmoqda.

Shaxsiy yutuqlar

O‘tgan yilda Messi Amerika qit’asi g‘olibligi va MLSning eng yaxshi futbolchisi nomiga musharraf bo‘ldi. Ronaldu esa o‘z faoliyatidagi gollari sonini 900 tadan oshirdi. Shuningdek, endilikda unda YouTube kanal ham mavjud. Albatta, bu hazil. Yuqorida ba’zi ma’lumotlar taqdim etildi. Undan kelib chiqib kim yaxshiroq ekanligini aniqlash tanlovini o‘zingizga qoldiramiz.

Теги :
Jamiyat