$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqlim xavfi bo‘yicha global xarita yaratildi

global

Olimlar birinchi marta iqlim xavfi zonalarining global xaritasini tuzishdi. Tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) ilmiy jurnalida chop etildi.

65 yillik kuzatmalar

Unga ko‘ra, ushbu ishni Xalqaro Tizimli Tahlil Instituti (IIASA) va Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari amalga oshirdi. Tadqiqot davomida so‘nggi 65 yil ichida kuzatilgan issiqlik to‘lqinlari tahlil qilinib, ekstremal harorat o‘rtacha mavsumiy haroratdan sezilarli yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar Shimoli-g‘arbiy Yevropa, Markaziy Xitoy, Yaponiya, Koreya, Arabiston yarim oroli va sharqiy Avstraliyani o‘z ichiga oladi. Masalan, Yevropada issiqlik to‘lqinlari natijasida 2022-yilda 60 ming, 2023-yilda esa 47 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. AQSh va Kaliforniyada esa oktabr oyigacha rekord harorat kuzatilgan.

Tadqiqot samarasi

Tadqiqot iqlim xavflarini aniqlash va ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, insoniyatga kelajakdagi iqlim xavflariga tayyorlanish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, xarita orqali O‘zbekiston hududidagi iqlim xavfi o‘rtachadan siljiganini ko‘rish mumkin.

Теги :
Jamiyat