Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

"Ayritom"da katta miqdorda giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Chegara postiga kirib kelgan yuk avtomobildagi yashirin joydan giyohvand moddalar topilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

"Ayritom"da katta miqdorda giyohvand modda to‘xtatib qolindi

"Ayritom"da katta miqdorda giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Chegara postiga kirib kelgan yuk avtomobildagi yashirin joydan giyohvand moddalar topilgan.

Bojxona tekshiruvi samarasi

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi, DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari "Ayritom" chegara bojxona postining kirish avtopavilyoniga kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishayotgan chog‘ida avtomobilda shubhali yashirin qism hosil qilinganligini aniqlashgan.

Tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi avtotransport vositasi kabinasining yashirin joyida 7 o‘ramda sariq rangli skoch bilan o‘ralgan shubhali narsa borligi ma’lum bo‘ldi.

 "Opiy" va "gashish"

Topilgan narsalarning og‘irligi o‘lchanib, ochib tekshirilganida 3 ta o‘ramda 3 kilogramm og‘irlikdagi "opiy" va 4 ta o‘ramda 4 kilogramm 950 gramm og‘irlikdagi "gashish" giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.  

Giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Jinoyat ishi

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.