Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi 20 yilga qamaldi

U giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan. Undan foydalangan bir necha kishi halok bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi 20 yilga qamaldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi 20 yilga qamaldi

U giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan. Undan foydalangan bir necha kishi halok bo‘lgan.

Internetdan xarid qilingan giyohvandlik moddalari

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik 23 yoshli muhojir giyohvandlik moddalarni keyinchalik sotish maqsadida internet orqali sotib olgan. Shundan so‘ng u sotib olingan giyohvand moddalarni yanada kuchliroq giyohvand moddaga almashtirgan.

Bu giyohvandlik vositalaridan foydalangan mahalliy aholi vakillari halok bo‘lgan.

Xaridorlar ahvoli

Fuqarodan giyohvandlik vositalarini xarid qilgan 14 kishi og‘ir zaharlanish belgilari bilan hushsiz holatda tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. 

Hududning 19 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan uch nafar fuqarosi esa halok bo‘lgan"

Uyushgan jinoyatchilik

Ayblanuvchining xonadoni ko‘zdan kechirilganda uning uyidan 300 gramm giyohvandlik moddasi topilgan. To‘plangan hujjatlar va dalillar sudga yuborilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotgan. Buning natijasida esa bir nechta shaxsning o‘limiga hamda badaniga og‘ir shikast yetkazganlikda aybdor deb topilgan. Sud fuqaroni 20-yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Hozirda guruhning qolgan a’zolariga nisbatan ham jinoiy ish ochilgan.