$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onalik fuqaro 21 ming tup ko‘knorini “bilmasdan ekkan” aniqlandi

giyohvandlik ko

Bugungi kunda yerdan yaxshigina daromad manbayi sifatida foydalanib kelayotgan tadbirkor va bobodehqonlar talaygina. Ammo farg‘onalik fuqaro o‘z tomorqasidan "o‘ta aqlli" foydalanib yubordi.

Tomorqadagi “ko‘knorizorlashtirish”

Yerdan foydalanishning qonunga zid yo‘lini tanlagan, Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro o‘z hovlisida ko‘knori ekib, uni o‘stirish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

21 ming tup ko‘knori ekishga jur’at qilgan “tadbirkor”

Kunlar isishi bilan yerga mehr qo‘ygan bobodehqonlar kichik yerdan ham unumli foydalanib, inson sog‘ligi uchun foydali bo‘lgan turli poliz ekinlari, meva va sabzavotlar ekish bilan shug‘ullanib, halol rizq topishadi.Lekin oramizda yerdan qing‘ir maqsadlarda foydalanayotganlar ham yo‘q emas.

Olingan tezkor ma’lumot asosida, Farg‘ona viloyat IIB, Bag‘dod tumani IIB hamda DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida, tumanning Xitoy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs, yashash xonadoni tomorqasida 21 ming tup ko‘knori o‘simligini yetishtirib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

“Bilmay ko‘knori ekib qo‘yibman”

"Uddaburon ishbilarmon"ning o‘zi bilan suhbatlashilganda, bilmasdan ko‘knori ekib qo‘yganligini aytib, kechirim so‘ragan.

Bu gaplar hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmasligi aniq, ayniqsa, 21 ming tupga adashish beqiyos “bexabarlik” bo‘lardi.

8 kg. dan ziyod ko‘knori somoni ham topilgan

Xonadon xolislar ishtirokida tekshirilganida, 8 kilogrammdan ziyod ko‘knori somoni borligi ham aniqlangan va dalil sifatida olingan.

Hozirda esa, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.