$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Sportdagi ilk Ginnes rekordi o‘rnatildi

ginnes

Sportdagi ilk Ginnes rekordi o‘rnatildi

O‘zbekistonlik polvonlar birinchi urinishdayoq Ginnes rekordini o‘rnatishdi.

Ginnes rekordlar kitobi haqida

"Ginnes jahon rekordlari" - jahonda kiritilgan rekordlar, eng g‘aroyib narsalar haqida ma’lumotlar kiritilgan kitob.

Ginnesning rekordlar kitobi — tabiat va insoniyat olamidagi olamshumul ulkan yutuqlar, noyob hodisalar va g‘aroyib voqealar haqidagi xabarlardan iborat bo‘lgan ma’lumotnoma nashr. 1955-yildan beri ingliz nashriyoti Guinness Publishing tomonidan har yili nashr etib kelinadi.

O‘zbekiston tarixidagi ilk rekord

O‘zbekiston tarixidagi birinchi sport bo‘yicha Ginnes rekordi rasman Guinness World Records saytiga joylashtirildi va xalqaro hamjamiyatda tan olindi.

O‘rnatilgan rekord yo‘nalishi

O‘zbekistonlik olti nafar polvonlar birinchi urinishdayoq 13,5 tonnalik samolyotni 47 soniyadan kamroq vaqt ichida 100 metr masofaga siljitdilar.

"7Saber" brendi hamda Bodibilding va fitnes federatsiyasini ushbu yutuq bilan tabriklashmoqda.

Bu rekord 2024-yil 15-may sanasida O‘zbekistonning Toshkent shahrida o‘rnatildi va tan olindi.

Теги :
Jamiyat