$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston ikki qo‘shni davlat bilan GES qurmoqchi

qambarota ges

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha tegishli uch tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi Qozog‘istonning “Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar” saytida e’lon qilindi.

O‘zbekistonning ustav kapitalidagi ulushi 33 foiz

Loyihaga ko‘ra, Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi. Bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi va ustav kapitalidagi ulushi 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizni tashkil qiladi.

GESning aksiyalari va aktivlari to’liq qirg‘iz mulkiga o‘tadi

Tomonlarning loyiha doirasidagi hamkorligi asosiy tamoyillari esa Qambarota GES-1da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining barcha hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatlangan xarid qilishdan iborat bo‘ladi. Loyiha amalga oshirilgach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari to‘liq qirg‘iz tomonining mulkiga o‘tadi.

Loyihaning boshlanishi

Ma’lumot uchun, 2023-yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. O‘sha yilning mart oyida esa tomonlar energetika vazirliklari GES qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

GES 6 mlrd. dollarga tushishi mumkin

Qozog‘iston Energetika vazirligi Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi va uning Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashini, shuningdek, mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishini ta’kidlagan. GESning qurilishi taxminan 5-6 milliard dollarga tushishi aytilmoqda.