Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Chaqaloq tagligidagi og'u

8 oylik chaqaloqning tagligiga qora dori yashirgan ayol qo‘lga olindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Chaqaloq tagligidagi og'u

Chaqaloq tagligidagi og'u

8 oylik chaqaloqning tagligiga qora dori yashirgan ayol qo‘lga olindi.

Og‘u bog‘langan go‘dak

Tegishli organlar tomonidan Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi bir xonadonda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro xolis guvohlar ishtirokida tekshirilganida uning egnidagi kiyimida giyohvandlik vositalari xufiyona tarzda yashirilganligi aniqlangan.

Mazkur xonadondagi boshqa fuqarolar ham shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan chog‘ida 8 oylik chaqaloqning kiyib yurgan tagligi ichiga ham giyohvandlik vositalari bekitilgan ekan. 

Ekspertiza xulosasi

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur xonadondan ashyoviy dalil shaklida olingan geroin nomli giyohvandlik moddasining jami og‘irligi 26,96 gr. ga teng ekanligi aniqlangan.

Jinoyat ishi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilingan.