Misrdan O‘zbekistonga “C” gepatiti dori vositalarini yetkazish qayta yo‘lga qo‘yildi
Bu dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan “C” gepatiti bilan og‘rigan bemorlarga taqsimlanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

“C” gepatiti kasalligini 100 foiz davolash maqsadida Misr hukumati tomonidan ajratilgan “Sofosbuvir-400mg” dori vositalarining sakkizinchi partiyasi 14-dekabr kuni Toshkentga yetkazildi. Bu haqda Dunyo AA ma’lum qildi.
Partiyada 7200 dona dori vositasi mamlakatga olib kelindi
Unga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan amalga oshirgan parvozi orqali 30 dona qutidagi 7200 dona dori vositasi mamlakatga olib kelindi.
Rejada 800 ming dona
Bu dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan “C” gepatiti bilan og‘rigan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz grant yordam sifatida umumiy qiymati $4,2 mln.ga teng 800 ming dona “Sofosbuvir” va “Daklatasvir” dori vositalari berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Hozirga qadar 13,4 tonna dori vositasi, umumiy qiymati 1,46 mln. dollar bo‘lgan mahsulotlar O‘zbekistonga yetkazildi.



