Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Maktablarda “sariq kasal”: endi o‘qish onlayn bo‘ladimi?

Xabaringiz bor, yaqinda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 214 hamda 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham virusli gepatit A — “sariq kasal”ga chalinish holati aniqlangandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda “sariq kasal”: endi o‘qish onlayn bo‘ladimi?

Xabaringiz bor, yaqinda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 214 hamda 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida virusli gepatit A — “sariq kasal”ga chalinish holati aniqlangandi. Ushbu xabardan so‘ng ko‘pchilikda ushbu maktablar karantinga olinadimi, degan savollar paydo bo‘ldi.

Har xil inkubasion davrlarda, har xil sinflarda

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Hikmatovaning ma’lum qilishicha, gepatit A kasalligi aynan shu maktablarda yil boshidan beri uchinchi marta qayd etilib, bir inkubasion davrda emas, har xil inkubasion davrlarda har xil sinflarda yuz bergan.

“Kasallangan o‘quvchilarni hozirgi kunda ahvoli qoniqarli, ularga infesionist tomonidan maxsus muolajalar belgilangan. Hozirda kasallikni oldini olish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kechiktirilib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va maktablarda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish uchun kerakli ko‘rsatmalar berilmoqda”, deydi Dilfuza Hikmatova.

Qanday hollarda maktab karantinga yopiladi?

“Sariq kasal” tarqalishi tufayli maktablar yopiladimi, degan savolarga mutaxassis bunday holatda maktablar karantinga yopilmasligi, faqatgina bitta sinfda virusli kasalliklar uch nafardan ko‘p o‘quvchida qayd etilsa, o‘sha sinfda darslar onlayn shaklga o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan.

“Sariq kasal”ning oldini olish uchun nima qilish kerak?

“Sariq kasal”ning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:

  • virusga qarshi emlanish;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
  • antisanitariya sharoitida ovqatlanmaslik;
  • yaxshilab yuvilgan yoki issiqlik bilan ishlov berilgan ovqatlarni, qaynatilgan suvni iste’mol qilish.